Shahram G‘iyosovning raqibi aniq bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini 31 iyul kuni o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

31 yoshli G‘iyosovga meksikalik 30 yoshli Migel Parra raqiblik qiladi. Jang “Riyadh Season” tomonidan Amerikaning Santa-Monika shahrida tashkil etiladigan boks kechasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov shu vaqtga qadar profboksda 15 marta ringga ko‘tarilib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. 9 ta to‘qnashuvda raqiblarini nokautga uchragan. Uning raqibi Parra esa 26 ta jang o‘tkazib, 22 ta g‘alaba qayd etgan. Parra 4 ta jangda raqiblariga mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shahram G‘iyosov 3 avgust kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Isroil Madrimov-Terens Krouford oqshomida ringga ko‘tarilishi mumkinligini ma’lum qilgandi, biroq yakunda G‘iyosov 31 iyul kuni profboksdagi 16-jangini o‘tkazadigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov Migel' Parra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing