Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi sanasi aniq bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini 3 avgust kuni o‘tkazadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

3 avgust kuni o‘zbekistonlik boshqa bir professional bokschi Isroil Madrimov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida amerikalik mashhur bokschi Terens Kroufordga qarshi WBA chempionlik kamari hamda birinchi o‘rta vaznda vakant, ya’ni egasiz bo‘lib turgan vaqtinchalik WBO kamari uchun jang qiladi. 30 yoshli G‘iyosov ham aynan Madrimov jang qiladigan oqshomda ringga ko‘tariladi.

Hozircha Shahram G‘iyosovning raqibini nomi aniq emas. Tez orada o‘zbekistonlik bokschiga qarshi ringga chiqadigan bokschi nomi aniq bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov shu vaqtga qadar profboksda 15 marta ringga ko‘tarilib, barcha janglaridan raqiblaridan ustun kelgan. To‘qnashuvlarning 9 tasida G‘iyosov raqiblarini nokautga uchratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov Isroil Madrimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing