Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi kim ekanligi aniq

Jamiyat

image

Professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov 26 aprel kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazishi haqida xabar bergan edik. Ayni paytga kelib, uning ushbu jangdagi raqibi aniq bo‘ldi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bokschining o‘zi ma’lum qilishicha, uning navbatdagi raqibi amerikalik Emmanuel Teylor bo‘ladi. Mazkur bahs 10 raundga mo‘ljallangan bo‘lib, vakilimiz interkontinental kamari uchun ringga ko‘tariladi. Bo‘lajak bahs 26 aprel kuni tunda AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov shu paytgacha professional boksda yettita jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 6 bor raqiblarini nokautga uchratgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing