Shahram G‘iyosov raqibini nokautga uchratib, g‘alaba qozondi (video)
Sport
−
16 avgust 2020 13941 1 daqiqa
Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (10-0, 8 KO) o‘zining navbatdagi jangini nikaragualik Uiston Kamposga (31-8-6 , 19 KO) qarshi o‘tkazdi.
G‘iyosov va Kampos jangi muddatidan avval yakunlandi. O‘zbekistonlik bokschi uchinchi raund oxirida raqibini nokautga uchratdi.
Nikaragualik bokschini mag‘lub qilgan G‘iyosov professional boksdagi o‘ninchi jangida 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Shakhram Giyasov improves to 10-0 🇺🇿💯 pic.twitter.com/AQs7CoEAs2
— DAZN USA (@DAZN_USA) August 16, 2020
U so‘nggi marta 2019 yilning avgustida Meksikada ringga ko‘tarilib, kolumbiyalik sobiq jahon chempioni Darlis Peresni (33-4-2, 21 KO) mag‘lub etgan va WBA International chempionlik kamarini himoya qilgandi.
U navbatdagi jangini meksikalik Fransisko Roxoga qarshi o‘tkazishi rejalashtirilgandi, ammo Roxoda koronavirus aniqlangani sabab, raqib o‘zgardi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025