Shahram G‘iyosov da’vogarlik jangida g‘alaba qozondi (video)

Sport

image

Bugun, 18 iyun kuni o‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov AQSHning Luiziana shahridagi “Smoothie King Center” arenasida mahalliy sportchi Xarold Kalderonga qarshi ringga ko‘tarildi.

12 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va g‘olib hakamlar qarori bilan aniqlandi. Unga ko‘ra, 120-108, 118-110, 116-112 hisobida o‘zbekistonlik bokschining qo‘li baland keldi.

Shu tariqa Kalderonning 27:0 ko‘rinishidagi g‘alabali seriyasiga barham berilib, jang g‘olibiga aylangan G‘iyosov WBA kamari uchun majburiy da’vogarga aylandi. Eliminator egasi endilikda katta ehtimol bilan mazkur yo‘nalishda chempion hisoblangan Errol Spensga qarshi jang qiladi.

Ma’lumot uchun, G‘iyosov bunga qadar professional boksda 13 ta jang o‘tkazib, hammasida g‘alabaga erishgan. 

Amerikalik Xarold Kalderon esa Shahramga imkoniyatni boy berguniga qadar profboksda 27 ta jang o‘tkazib, barcha to‘qnashuvlarda raqiblaridan ustun kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov professional boks Xarol'd Kal'deron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made