Shahram G‘iyosov chempionlik jangida qatnashadi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov o‘z vaznida chempionlik jangida ishtirok etadigan bo‘ldi. Bu haqda Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) buyruq berdi.

Ayni paytda litvalik Eymantas Stanionis yarimo‘rta vazn toifasida WBA chempioni bo‘lib turibdi. Tashkilot Eymantasning ushbu kamarga majburiy da’vogar Shahram G‘iyosovga qarshi jang o‘tkazishini ma’lum qildi. Bokschilarning jamoasi o‘zaro jang sanasi, manzili va shartlari bo‘yicha kelishib olishlari lozim. Agar ular bir to‘xtamga kela olmasa, promouterlar o‘rtasida ochiq savdo o‘tkaziladi.  

Qayd etish joiz, G‘iyosov so‘nggi jangida meksikalik Migel Parra (22-4-1)ni mag‘lubiyatga uchratgan edi. To‘liq 10 raund davom etgan jangda hakamlarning ikki nafari Shahram, yana biri Parraning g‘alaba qozonganini qayd etgandi. Bu bilan G‘iyosov profboksdagi 16-jangida ham g‘alaba qozongandi.

Ma’lumot uchun, litvalik 30 yoshli bokschi profboksda 15 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Janglarining 9 tasini muddatidan avval yakunlagan. Stanionis shu yilning may oyida ikki yillik tanaffusdan so‘ng ringga qaytib, reytingning to‘rtinchi pog‘onasida borayotgan venesuelalik 37 yoshli Gabriel Maestreni ochkolar (117-111, 118-110, 119-109) hisobida taslim etgan edi. Bu Gabriel uchun faoliyatidagi ilk mag‘lubiyat bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made