Shahobiddin Zoirov ertaga profi ringda ilk jangini o‘tkazadi
Sport
−
04 aprel 2019 6108 1 daqiqa
Ertaga, 5 aprel kuni o‘zbekistonlik bokschi Shahobiddin Zoirov Dubay shahrida ringga ko‘tariladi. E’tiborlisi, bu jang Rio Olimpiadasi chempioni Shahobbiddin uchun professional ringdagi ilk bahs sifatida tarixga muhrlanadi.
Debyutantga ertangi jangda indoneziyalik Entoni Xolt raqiblik qiladi.
Bugun ushbu jang oldidan vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Zoirov 121,7 funt (54, 88 kg) tosh bosdi. Raqib esa 119,9 funt (54,38 kg) chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jang ertaga Dubay shahridagi "Emirates Golf Club"da bo‘lib o‘tadi.
Live
BarchasiMetroda poverbank yonib ketdi
08 iyun