Belgrad-2021: JCHda 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi
Sport
−
31 Oktabr 2021
3533Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Ertaga, 30 oktyabr kuni to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi bahslarda ishtirok etadi. Dastlab 54 kg vazn toifasida Shahobiddin Zoirov yaponiyalik Tomoya Suboiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Harbiy bokschilar o‘rtasida Jahon chempioni Lazizbek Mullajonov (+92 kg) angliyalik Delishes Orega qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu bellashuv soat 19:40 dan so‘ng, start oladi. 22 yoshli farg‘onalik charm qo‘lqop ustasi dkastlabki bosqichda Eron vakili Puria Amiriga qarshi bahs olib borib, ishonchli g‘alabaga erishdi.
60 kg vazn toifasida Abdumalik Xalakov slovakiyalik Tadey Chernoga bilan “hisob-kitob” qiladi. Ilk jangida Xalakov Makedoniya vakili Jasin Lyamani katta ustunlik bilan mag‘lub etgan.
O‘zbekistonlik bokschilarning bugungi ishtirokini Madiyor Saidrahimov (92 kg) qozog‘istonlik Aybek Oralbayga qarshi jang bilan yakunlab beradi. Saidrahimov 1-bellashuvda bolgariyalik Vladislav Smiaglikovga imkoniyat qoldirmagan edi.
Ma’lumot uchun, Yevropada qishki mavsumga o‘tilishi munosabati bilan janglar vaqti bir soatga oldinga surilgan.
LiveBarchasi