Boks bo‘yicha JCH: Shahobiddin Zoirov g‘alaba bilan boshladi
Sport
−
29 Oktabr 2021
6223Bugun, 27 oktyabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining beshinchi kungi bahslariga start berildi.
Musobaqada 54 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Olimpiada va Jahon chempioni Shahobiddin Zoirov mezbonlar vakili Tamir Galanovga qarshi ringga ko‘tarildi va g‘alabaga erishdi. Zoirov keyingi bosqichda yaponiyalik Tomoya Suboiga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 oktyabr kuni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (67 kg) Falastin vakili Ahmed Xarara bilan “hisob-kitob” qildi. Mo‘ydinxo‘jayev keyingi bosqichda yaponiyalik Sevonret Okazavaga qarshi ringga ko‘tariladi. Farg‘onalik bokschi ilk jangida irlandiyalik Brendan Makkiverni mag‘lub etgan.
Ma’lumot uchun, dunyo birinchiligi joriy yilning 6 noyabriga qadar davom etadi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15