O‘zbekistonlik Olimpiada chempioni IBA kamari uchun jang qiladi

Sport

image

Joriy yilning 6 aprel kuni Meksikaning Aguaskalentes shahrida boks bo‘yicha “IBA Chempionlar oqshomi” o‘tkaziladi. Mazkur kechada o‘zbekistonlik Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov ham ringga ko‘tariladi. 

Zoirov eng yengil vaznda Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) chempionlik kamari uchun jang qiladi. Unga meksikalik Israel Gonsales raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Gonsales professional boksdagi faoliyati davomida 34 ta jang o‘tkazib, 28 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat va 2 durang qayd etgan. U to‘rt bor jahon chempionlik kamari uchun ringga chiqqan va barchasida mag‘lub bo‘lgan. 31 yoshli Shahobiddin Zoirov esa profringda jami 5 ta jang o‘tkazib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

boks Shahobiddin Zoirov Israel' Gonsales

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing