Shahobiddin Zoirov chorak finalga yo‘l oldi
Sport
−
31 iyul 2021
3558Olimpiya o‘yinlarida -52 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Shahobiddin Zoirov chorak final yo‘lida ringga ko‘tarildi va g‘alaba qozondi.
Ushbu bellashuvda Olimpiada va Jahon chempioni Shahobiddin Zoirovga Kabo Verde vakili Varela Daniel raqiblik qildi. Raqibning bo‘y borasidagi ustunligiga qaramay hakamlarning qaroriga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschi g‘alabaga erishdi.
Shu tariqa, Zoirov chorak finalga yo‘l oldi. U yarim final uchun kechadigan bellashuvda filippinlik Karlo Paalamga qarshi ringga chiqadi.
Buxorolik bokschi ilk bosqichda turkiyalik Batuxan Chiftchini 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi.