Shahobiddin Zoirov chorak finalga yo‘l oldi
Sport
−
31 iyul 2021 4358 1 daqiqa
Olimpiya o‘yinlarida -52 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Shahobiddin Zoirov chorak final yo‘lida ringga ko‘tarildi va g‘alaba qozondi.
Ushbu bellashuvda Olimpiada va Jahon chempioni Shahobiddin Zoirovga Kabo Verde vakili Varela Daniel raqiblik qildi. Raqibning bo‘y borasidagi ustunligiga qaramay hakamlarning qaroriga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschi g‘alabaga erishdi.
Shu tariqa, Zoirov chorak finalga yo‘l oldi. U yarim final uchun kechadigan bellashuvda filippinlik Karlo Paalamga qarshi ringga chiqadi.
Buxorolik bokschi ilk bosqichda turkiyalik Batuxan Chiftchini 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr