Shahar meri davlatga xiyonatda ayblanmoqda

Olam

image
Bahodir Jalolovning avtomobiliga 2 ming dollardan qimmat raqam sovg‘a qilindi north_east

Bahodir Jalolovning avtomobiliga 2 ming dollardan qimmat raqam sovg‘a qilindi

Ukraina Korrupsiyaga qarshi milliy byurosi Kiyev meri Vitaliy Klichko va uning ikki o‘rinbosariga nisbatan davlatga xoinlik va mablag‘larni o‘g‘rilash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda Ukraina xabarlarga agentligi yozmoqda. 

Byuro Oliy sud talabiga asosan ma’lumotni sudgacha tergovlarning yagona reyestriga kiritdi.

Avvalroq, Kiyev shahar deputatlari kengashi Klichkoni Shulyav ko‘prigini rekonstruksiya qilish vaqtida o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish va davlat mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblagan edilar. Unda aytilishicha, Klichko shahar ma’muriyati a’zolari va "Kiyev avtomobil transporti ob’ektlarini qurish direksiyasi" korxonasi mansabdor shaxslari bilan birga byudjet mablag‘larini qurilish materiallarini yuqori narxlarda sotib olish uchun sarflagan. 

Bundan tashqari, deputatlar merni poytaxt byudjeti hisobidan jismoniy shaxslarning noqonuniy boylik ortirishida ko‘maklashishda ayblamoqda. 

Keyinchalik sud Tergov byurosiga Klichko va uning o‘rinbosarlari tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni tergov qilishda, shu jumladan, 111-moddasining 1-qismi (davlatga xiyonat), shuningdek yerlarni o‘zboshimchalik bilan tortib olish, noqonuniy o‘zlashtirish va turar-joy binolarini qonunga xilof rekonstrutsiya qilish to‘g‘risidagi arizalarini ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida shikoyat arizasi kelib tushgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Vitaliy Klichko

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing