Shahzoda Filippning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, Edinburg gersogi Filippning o‘limi sababi qarilik bo‘lgan. Bu haqda Yelizaveta II ma’lum qilgan.  

Qirollik oilasi shifokori hujjatlarda 99 yoshli shahzoda Filipp keksayib vafot etganini ko‘rsatgan. 

Ta’kidlanishicha, uning o‘limiga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklar yoki jarohatlar bo‘lmagan. 

Shu bilan birga, shahzoda o‘limidan bir necha hafta oldin surunkali yurak muammosi tufayli muvaffaqiyatli operatsiyani boshdan o‘tkazgandi. 

Eslatib o‘tamiz, 9 aprel kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Yelizaveta II ning eri, Edinburg gersogi Filipp 99 yoshida vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

shahzoda Filipp

Baholaganlar

266

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing