SHHT Eron yadroviy kelishuviga qaytishga chaqiradi
Olam
−
04 iyul
5514Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) a’zolari barcha tomonlarni Eron yadroviy dasturi bo‘yicha qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi qoidalarini amalga oshirishga qaytishga chaqirmoqda. Bu talab SHHT sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Ostona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan.
Bildirilishicha, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Eron yadroviy kelishuvining "barqaror bajarilishini" muhim deb hisoblaydi. Qayd etish joizki, mazkur kelishuvdan AQSH bir tomonlama chiqib ketgan, keyin esa G‘arbiy Yevropa davlatlari buni kuzatishni to‘xtatgan.
SHHT “barcha ishtirokchilarni hujjatni har tomonlama va samarali amalga oshirish bo‘yicha barcha majburiyatlarni qat’iy bajarishga” chaqiradi.
Ma’lumot uchun, 2015 yilda BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi va Germaniya Tehron yadroviy dasturi bilan bog‘liq inqirozni yengib chiqishga qaratilgan Eron bilan qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasini imzolagan edi. 2018 yilda AQSHning o‘sha paytdagi prezidenti Donald Tramp ushbu kelishuvdan chiqishga qaror qilgan edi.
AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden Vashingtonni yadroviy kelishuvga qaytarishga tayyorligini bir necha bor bildirgan. Biroq, 2022 yil kuzida bir necha marta samarasiz muzokaralardan so‘ng, Vashington shartnoma "deyarli o‘lik" ekanini e’lon qilgan.
LiveBarchasi