SHHT Eron bilan aloqalarni mustahkamlaydi
Jamiyat
−
25 mart 2019
3955Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov tashkilot faoliyati doirasida Eron Islom Respublikasi bilan ko‘p tarmoqli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida ekanligini ma’lum qildi.
“Ko‘plab global va mintaqaviy masalalarda Eronning tashkilot bilan mushtarak yondashuvlari mavjud. Shuni inobatga olgan holda, tashkilot Eron davlati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilmoqda”, deydi Vladimir Norov.
Bosh kotib, shuningdek, tashkilotga a’zo davlatlarni Eron bilan ijobiy va do‘stona munosabatda bo‘lishga chaqirdi.
Shuningdek Norov 2018 yilda tashkilot tomonidan qabul qilingan Sindao deklaratsiyasida Eron yadroviy dasturini tartibga keltirish bo‘yicha tuzilgan qo‘shma chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash masalasi alohida qayd etilganligini ta’kidladi.
LiveBarchasi