SHHT Hukumat rahbarlari Toshkentda to‘planadi

Jamiyat

image

Kecha, 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yan bilan uchrashdi. 

Bo‘lib o‘tgan suhbatda Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zo davlatlarining Hukumat rahbarlari (bosh vazirlari) kengashining Toshkent shahridagi navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rishning va unda Xitoy delegatsiyasi ishtirok etishining amaliy jihatlari korib chiqildi. 

Uchrashuvda Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyanning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi dasturi va bo‘lajak O‘zbekiston-Xitoy muzokaralari kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Ne'matov ShHT

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing