Sevgi yosh tanlamaydi. Yetmishdan oshgan qariyalar turmush qurdi

Bu qiziq

image

Chimkentda 74 yoshli erkak va 72 yoshli ayol turmush qurdi. Bu haqda “Otyrar” mahalliy nashri xabar berdi. 

Noila Nuriyeva ismli ayol 72 yoshida turmushga chiqdi. U o‘z juftini Uzoq umr ko‘rish markazida uchratdi. Ular oila qurganidan so‘ng, juftlikka markazdan alohida xona ajratildi. Bildirilishicha, chol-kampir hatto qonuniy nikohdan ham o‘tgan. 

“2 oy uchrashdik. Keyin u menga turmush qurishni taklif qildi, men "ha" dedim. Nikohimizni ham qonuniy rasmiylashtirdik. Bu yerda birga yashaymiz, hatto shaxsiy xonamiz ham bor. Hammasi uchun rahmat aytaman. Bizda hammasi yaxshi va hamma narsamiz bor, deydi Noila Nuriyeva.

Qariyalar uyida jami 4 nafar juftlik bor. Markazda keksalar turli muolajalar olishi, sport bilan shug‘ullanishi va hatto kompyuterda ishlashi mumkin. 

Ma’lumot uchun, Chimkent shahrida keksalar holidan xabar olish maqsadida 3 ta markaz ochilgan. U yerda malakali shifokorlar va xodimlar xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Chimkent qariyalar Sevgi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing