Qozog‘istonda erkak 26 ta ruchkani yutib yubordi
Olam
−
15 oktabr 2025 3180 1 daqiqa
Qozog‘istonning Chimkent shahrida 38 yoshli erkak 26 ta ruchkani yutib yubordi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar berdi.
Malumotlarga ko‘ra, 38 yoshli erkak do‘sti bilan garov o‘ynagan va 26 dona ruchkani yutib yuborgan. Keyinroq erkak qorindagi kuchli og‘riqlar tufayli tez yordam chaqirgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Shifokorlar erakning oshqozonidagi barcha ruchkalarni olib tashlash uchun ikki soatlik operatsiya o‘tkazgan va bemorning holati hozirda barqaror ekanligini bildirgan.
“Erkak endoskopik jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Barcha begona jismlar kesilmasdan olib tashlandi. Hozirda bemor jarrohlik bo‘limida, ahvoli barqaror”, deydi endoskopist Muxamedali To‘lagenov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Olmaota shahrida ikki yoshli bola munchoqning 105 ta magnit sharchasini yutib yuborgan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28