“Sevgi qo‘rquvdan ustun”: Rossiyada yangi namoyish rejalashtirilmoqda

Olam

image

Rossiya muxolifati mamlakatda “Sevgi qo‘rquvdan ustun” shiori ostida yangi namoyishlar o‘tkaziladi. Bu haqda bugun, 9 fevral kuni Aleksey Navalniyning mintaqaviy shtab-kvartirasi rahbari Leonid Volkov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, Leonid Volkov rossiyaliklardan 14 fevral kuni uylaridan chiqib, telefon chiroqlari yoki sham yoqib, bir necha daqiqa turishni iltimos qilgan.

“Chiroqlardan yurak shaklini hosil qiling. Har holda, 14 fevral! Keyin ushbu yurak shaklini yuqoridan, kvartiralardan birida turib suratga oling va Instagram’ga joylashtiring. Shunday qilingki, ijtimoiy tarmoq sahifalari Rossiyaning o‘nlab shaharlaridagi minglab shunday yonayotgan yuraklar bilan to‘lib ketsin”, deb yozgan Volkov.

Shu bilan birga, Volkov bahorgacha boshqa mitinglar rejalashtirilmayotgani va o‘tkazilmasligini ma’lum qilgan.

“Xodimlar va shtab-muvofiqlashtiruvchilarning aksariyati hibsga olinganligi sababli namoyishni tashkil qiladigan odamning o‘zi yo‘q”, deya tushuntirish bergan Volkov.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada 23 va 31 yanvar kunlari Navalniyning chaqirig‘i bilan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

So‘nggi ruxsat berilmagan miting esa joriy yilning 2 fevral kuni Aleksey Navalniyga hukm chiqarilganidan so‘ng bo‘ldi.

Namoyishchilar Moskva va Sankt-Peterburgning markaziy ko‘chalariga chiqdi, huquq-tartibot idoralari xodimlari ularning ko‘pini hibsga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin namoyish Naval'niy Volkov

Baholaganlar

206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing