Seuldan Toshkentga kelgan 181 yo‘lovchi karantinga olindi

Jamiyat

image

Bugun, 9 mart kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi charter reysi bilan 181 yo‘lovchini Seuldan Toshkentga olib keldi. Yo‘lovchilarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, ularning barchasi Toshkent viloyatidagi sanatoriyda ikki haftali karantinga olingan.

COVID-19 koronavirusinining O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakatimiz Transport vazirligi Afg‘oniston Islom Respublikasi, Eron Islom Respublikasi aviatsiya idoralari va kompaniyalarini 2020 yilning 1 mart kunidan boshlab mazkur davlatlar bilan aviaqatnovlarning vaqtinchalik to‘xtatgan edi.

1 mart kuni "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi Seuldan Toshkentga charter reysda 251 yo‘lovchini olib keldi. Ulardan 231 kishi Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi sanatoriyda ikki hafta karantinga joylashtirildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun charter reys amalga oshiradi.

Avvalroq, COVID-19 koronavirusi paydo bo‘lgan Xitoyning Uxan shahridan olib kelingan 84 nafar O‘zbekiston fuqarosida virus bilan kasallanish aniqlanmagani, ular karantin muddati yakuniga yetishi munosabati bilan uylariga kuzatilgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways

Baholaganlar

212

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing