Seulda minglab odam Prezident iste’fosini so‘rab mitingga chiqdi

Olam

image

Seulda Milliy assambleya joylashgan Yoido tumanida Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning iste’fosini talab qilgan mitingda deyarli 150 ming kishi qatnashmoqda. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar bermoqda.

Agentlikning politsiyadagi manbalariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan 17:30 holatiga ko‘ra, parlament oldida 149 ming kishi to‘plangan.

Tashkilotchilar, jumladan Koreya Respublikasi Kasaba uyushmalari konfederatsiyasi ishtirokchilar sonini 1 million kishi deb hisoblamoqda.

Poytaxt markazidagi Gvanxvamun maydoni yaqinida esa Prezidentni qo‘llab-quvvatlovchi konservativ guruhlarning parallel mitingi bo‘lib o‘tmoqda. “Yonhap” manbalariga ko‘ra, uning ishtirokchilari soni 20 ming kishiga yetadi. Ayni paytda tashkilotchilar 1 million odam davlat rahbarini qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘chalarga chiqqanini da’vo qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Janubiy Koreyaning hukmron partiyasi Prezident Yun Sok Yolga impichment e’lon qilish bo‘yicha ovoz berishni boykot qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Yun Sok Yol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing