Seulda karantin choralari kuchaytiriladi
Olam
−
23 noyabr 2020
4667Ertaga, 24 noyabrdan boshlab Koreya Respublikasi poytaxti Seulda koronavirus tarqalishiga qarshi choralar kuchaytiriladi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berilgan.
Respublikada oxirgi besh kunlikda COVID-19 ga chalinish bilan bog‘liq 300 dan ko‘p holat qayd etilgan. Ulardan 200 dan ortig‘i poytaxt mintaqasiga to‘g‘ri kelgan.
Choralarni kuchaytirish bo‘yicha qaror maktab o‘quvchilari 3 dekabrda topshiradigan davlat imtihoni arafasida qabul qilingan.
Qarorga ko‘ra, poytaxtda bir joyga 100 dan ziyod odamning to‘planishi taqiqlanadi. Klublar, barlar, karaoke-zallar va boshqa tungi muassasalar yopiladi.
Restoranlar soat 21:00 gacha ochiq bo‘ladi, undan keyin faqat uyga yetkazib berish va olib ketish xizmati amal qiladi.
Kafelar faqat uyga olib ketish va yetkazib berish xizmati uchun ishlaydi. Fitnes-markazlar ham 21:00 dan keyin yopiladi.
Shuningdek, davlat kompaniyalari xodimlari yana masofadan ishlashni boshlaydi, xususiy korxonalarga ham xodimlarini masofadan ishlashga o‘tkazish tavsiya etiladi.
Muassasalar tashrif buyuruvchilarni avvaldan ro‘yxatga kiritishi shart bo‘ladi, yopiq inshootlarda esa niqob taqish majburiy hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Seulda koronavirus infeksiyasining uchinchi to‘lqini boshlangani xabar qilingan edi.
Ma’lumot o‘rnida, kecha, 22 noyabr kuni Koreyada 302 kishida koronavirus aniqlangan. Kasallanganlarning umumiy soni 31 ming 4 kishiga yetgan. 509 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15