Seul va Dehlidan 390 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi
Jamiyat
−
11 may 2020
8838Uzbekistan Airways aviakompaniyasining ikkita charter reysi bilan Seul va Dehlidan 390 nafar O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarildi. Bu haqda xorijiy nashrlar xabar tarqatdi.
“Uzbekistan Airways samolyotlari Seul va Dehliga maxsus charter reyslar amalga oshirdi. Ularda 390 nafar O‘zbekiston fuqarosi qaytarildi”, deyiladi xabarda.
Olib kelinganlar ikki hafta muddatga karantin zonasiga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay, Turkiya va Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 11 ming o‘zbekistonlik qaytarilishi haqida aytib o‘tgandi.