Seul Shimoliy Koreya bilan harbiy kelishuvni muzlatmoqchi
Olam
−
03 iyun
4273Janubiy Koreya Milliy xavfsizlik kengashi hukumatga Shimoliy Koreya bilan harbiy kelishuvni “ikki Koreya” o‘rtasida o‘zaro ishonch tiklanmaguncha to‘xtatib turishni taklif qildi. Bu haqda kengash rahbari Chang Xo Jin Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Janubiy Koreya Shimoliy Koreya bilan harbiy kelishuvni butunlay to‘xtatadi. Milliy xavfsizlik kengashi 2018 yilda “Koreyalararo qurol-yarog‘larni qisqartirish to‘g‘risidagi pakt”ni Shimoliy Koreyaning Janubiy Koreyaga ko‘p miqdorda axlat sharlarini jo‘natganiga javoban o‘zaro ishonch tiklanmaguncha to‘xtatib turishga qaror qildi”, deb xabar berdi mahalliy “Yonhap” agentligi.
MXK yig‘ilishi yakunida e’lon qilingan press-relizda taklif Vazirlar Mahkamasiga kiritilgani ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun, 2018 yil 19 sentabrdagi Koreyalararo kelishuv harbiy sohada davlatlar o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirish choralarini ko‘rishni nazarda tutadi. 2023 yilning noyabrida Seul Pxenyan razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirgani sababli ushbu kelishuvning ba’zi bandlari to‘xtatilganini e’lon qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, ikki kun muqaddam Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga bir hafta ichida ikkinchi marotaba axlat sharlarini uchirgandi.
LiveBarchasi