Seul KXDRni HAMASga qurol yetkazib berishda aybladi
Olam
−
09 yanvar
7878Koreya Respublikasi hukumati KXDR tomonidan ishlab chiqarilgan qurollarning xorijga olib chiqilishidan jiddiy xavotirda, chunki bu BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari bilan taqiqlangan. Bu haqda Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lim Su Sok ma’lum qildi.
“Hukumat Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan qurollarning xorijga uzatilishidan jiddiy xavotirda. Shimoliy Koreya bilan qurol savdosi BMT Xavfsizlik Kengashining bir qancha rezolyutsiyalarini buzadi va xalqaro tinchlik va xavfsizlikka, jumladan Koreya yarimoroliga jiddiy tahdid soladi”, deydi Lim Su Sok.
U AQSH ommaviy axborot vositalarining yaqinda HAMAS jangchilari Shimoliy Koreyaning granata otish moslamasidan foydalangani haqidagi iddaosiga qo‘shilgan.
“Hukumatimiz AQSH, Yaponiya va do‘st davlatlar bilan hamkorlikda BMTning barcha a’zolari Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalariga rioya qilishlarini ta’minlash uchun sa’y-harakatlarni davom ettiradi. Biz fursat kelganda, jumladan, BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishlarida o‘z pozitsiyamizni faol bayon qilamiz”, deya qo‘shimcha qilgan diplomat.
1 noyabr kuni Koreya Respublikasi Milliy razvedka xizmati Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Falastinga har tomonlama yordam ko‘rsatish bo‘yicha takliflar tayyorlashga buyruq bergan bo‘lishi mumkinligini aytgan.