Sergey Fomin ATP reytingida 69 pog‘ona yuqoriladi
Sport
−
04 may 1606 1 daqiqa
Bugun, 4 may kuni Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) haftalik reytingi yangilandi. Unda O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sergey Fomin 69 pog‘onaga yuqoriladi.
Sergey Fominning bu natijasiga asosiy sabab joriy yilning 19 aprel sanasidan 25 aprel kuniga qadar bo‘lib o‘tgan Qozog‘istoning Chimkent sharidagi “Chellenjer” turniridagi chempionlik bo‘ldi. Ushbu chempionlik Fominga 44 ochko taqdim etdi. Shu tariqa, O‘zbekistoning birinchi raketkasi reyting ochkolarini 183 taga yetkazgan holda 290-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Bu uning faoliyatidagi eng yuqori o‘rin hisoblanadi.
ATP reytingining birinchi o‘rnida yaqindagina “Madrid Masters” turniri chempionligini qo‘lga kiritgan Yannik Sinner bormoqda. Kuchli uchlikdan ispaniyalik Karlos Alkaras va germaniyalik Aleksandr Zverev joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yannik Sinner “Madrid Masters” turnirida chempionligi orqali tennis tarixida ketma-ket beshta ATP Masters turnirida g‘alaba qozongan ilk tennischiga aylangani haqida xabar berilgandi.