O‘zbekistonda koronavirus bemorlari qariyb 50 nafarga ko‘paydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasiga chalingan yana 46 nafar bemor aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

2020 yil 26 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3261 nafarni tashkil etmoqda.  

Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining barchasi xorijdan kelgan fuqarolar bo‘lib, ulardan 44 nafari Rossiyadan (Qozog‘iston orqali) mamlakatga kirib kelgan va karantinga olingan. Qolgan 2 nafari chegera post orqali Rossiyadan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari bo‘lib, 1 nafari Sirdaryo viloyatiga, yana 1 nafari Toshkent viloyatiga kirib kelgan.

Hozirda mamlakatda 641 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 2 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli  esa o‘ta og‘ir.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 2607 nafari sog‘aygan va 13 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

352

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing