Sergelidagi dahshatli avtohalokatda yo‘lovchi ayol vafot etdi

3-sahifa

image

Avvalroq Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida dahshatli YTH sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. YTH oqibatida bir kishi vafot etib, qolgan ikki kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.

Bildirilishicha, YTH oqibatida haydovchi 1981 yilda tug‘ilgan (ayol) D.U. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinasi yo‘lovchisi 1991 yilda tug‘ilgan (ayol) S.X. shifokorlarning sa’y- harakatlariga qaramasdan olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Shuningdek, Spark rusumli avtomashina haydovchisi 1981 yilda tug‘ilgan (ayol) D.U. va Honda rusumli avtomashina yo‘lovchisi 2002 yilda tug‘ilgan (ayol) M.R.lar tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.

“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Sergeli avtohalokat ayol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made