Sergelida mudhish YTH! Uch kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 16 fevral kuni Sergeli tumanida 3 kishining hayotga zomin bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

YTH soat 07:30 larda Sergeli tumani Choshtepa ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yangiyo‘l tumanida yashovchi O.A. “VAZ-2106” rusumli transport vositasida harakatlanayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetida joylashgan uyning devoriga urilgan. 

Shundan so‘ng, Yangiyo‘l tumanida yashovchi R.Sh. Lacetti rusumli transport vositasida harakatlanib kelib “VAZ 2106” rusumli transport vositasi oldida turgan piyodalarni urib yuborgan.

Natijada, piyodalar S.I. va M.N. voqea joyida, piyoda D.R. esa shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etishgan.

Avvalroq, Chilonzor tumanida haydovchining o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Sergeli

Baholaganlar

273

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing