Sergeli tumani hokimligi xodimida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Kecha, 25 iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan 276 nafar bemorning 24 nafari aholi orasida tasdiqlangan bo‘lsa, shundan 17 nafari Toshkentdagi aholi orasida aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha,  Toshkent shahrida aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari boshqa hududlarga qaraganda hamon yuqoriligicha qolmoqda. Vazirlik poytaxtda aniqlangan koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahridagi Sergeli tumani xokimligi xodimi A.T.da (profilaktik maqsadda namuna topshirgan);

“O‘zbekneftgaz” AJ xodimi A.Q.da (profilaktik tekshiruv davomida aniqlangan);

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi sanaviasiya xodimi S.U.da (koronavirusga gumon qilingan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatgan);

Uchtepa tumanida yashovchi 2 nafar fuqaroda (tana harorati yuqoriligi sababli shifoxonaga murojaat qilishgan);

Shayxontohur tumani yashovchi S.Z.da hamda Olmazor tumanida yashovchi R.A.da (har ikki holatda ham tana harorati ko‘tarilganligi sababli poliklinikaga murojaat qilgan);

Chilonzor tumanida yashovchi (“santexnik”) U.I.da koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan karantin qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘ragan.

O‘zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qiling. Quyidagi uch qoidaga muttasil amal qiling:
•    Niqob taqishni unutmang.
•    Ozodalikka rioya qiling.
•    Ijtimoiy masofa saqlang.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

94

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing