Sergeli metro liniyasida ilk bor poyezd harakatlandi

Jamiyat

image

Kecha, 16 oktyabr kuni Toshkent metropolitenining mavjud “Olmazor” stansiyasidan yangi qurilayotgan Sergeli metro yo‘nalishining so‘nggi – “Qipchoq” stansiyasigacha test rejimida poyezd o‘z harakatini amalga oshirdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, sinov natijasida ustki po‘lat izlarining tayyorligi tasdiqlangan. 

Bugungi kunda yangi Sergeli metro yo‘nalishida yakuniy qurilish-montaj va pardozlash ishlari olib borilmoqda.

Bildirilishicha, yangi metro yo‘nalishi va uning obektlari qurilish me’yorlari va texnik talablariga mos ravishda, belgilangan muddatlarda joriy yil ohiriga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, Toshkent shahridagi Sergeli tumanida qurilayotgan yer ustki metrosida temir-beton konstruksiya ishlari 100 foiz bajarilgani haqida xabar bergan edik.

Tumandagi yangi “Sergeli” yer ustki metro liniyasi “Choshtepa”, “Toshkent xalqa yo‘li”, “Sergeli”, “Afrosiyob”, “Qipchoq” bekatlaridan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing