Sergeli hududi Zangiota hisobiga kengayadi
Jamiyat
−
28 avgust 2019
11666Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatda Toshkent viloyati Zangiota tumani ma’muriy hududining umumiy maydonidan 428 gektarlik qismi belgilangan tartibda Toshkent shahrining Sergeli tumani tarkibiga o‘tkazilgani qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida” 2019 yil 3 maydagi SQ-418-III-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanishi mumkin.
Avvalroq, Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan O‘zgarish qishlog‘i Toshkent shahri Sergeli tumani tarkibiga o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi