Serbiyaning sobiq prezidenti vafot etdi

Olam

image

Kecha, 2 iyul kuni Serbiyaning sobiq prezidenti Milan Milutinovich 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning Instagram’dagi sahifasida mamlakat tashqi ishlar vaziri Ivitsa Dachich ma’lum qildi.

“Milan Milutinovich, Serbiya Respublikasining sobiq prezidentiga so‘nggi salom”, deyiladi izohda.

“Tanjug“ agentligining xabar berishicha, Serbiyaning amaldagi rahbari Aleksandr Vuchich mamlakat sobiq prezidentining vafoti munosabati bilan hamdardlik telegrammasini yo‘llagan.

Ma’lumot uchun, Milutinovich 1997 yildan 2002 yilgacha Serbiya rahbari bo‘lgan. Bungacha u Yugoslaviya tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan. Siyosiy faoliyati davomida u Serbiya ta’lim va fan vaziri, shuningdek, Yugoslaviyaning Gretsiyadagi elchisi bo‘lgan. 

Prezidentlik muddati tugagach, Gaagadagi tribunal Milutinovichni Kosovo va Metoxiyadagi mojarolar paytidagi qirg‘in va deportatsiyalarda aybdor deb topgan. 2009 yilda siyosatchi to‘liq oqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Serbiya Milan Milutinovich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing