Serbiyada yana otishma. Hujumda 8 kishi halok bo‘ldi 

Olam

image

Kecha, 4 may kuni Serbiyaning Mladenovats shahar jamoasidagi Dubona qishlog‘ida otishma yuz berdi. Oqibatda sakkiz kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Blic” gazetasi xabar berdi. 

Nashrga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 21 yoshli politsiyachi va uning yoshi aniqlanmagan singlisi ham bor. Boshqa qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.

Ushbu otishma oqibatida 13 kishi yaralangan, ularning yetti nafari jarrohlik amaliyotiga muhtoj. Jarohatlanganlar orasida bolalar ham bor.

Nashrning yozishicha, 21 yoshli gumonlanuvchi Dubona qishlog‘idagi maktab hovlisida bir guruh odamlar bilan janjallashib, uyidan avtomat olib, o‘t ochgan. Shundan so‘ng u o‘zining tug‘ilgan qishlog‘i Shepshinga borib, u yerda ham otishma sodir etgan.

Taxminlarga ko‘ra, yigit harbiyning o‘g‘li.

Otishma sodir etgan shaxs politsiya tomonidan qidirilmoqda, viloyatda “Bo‘ron” rejasi e’lon qilingan. Razvedkachilar uning Shepshinga qochib ketganiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu hodisa shu haftada Serbiyada qurbonlar soni ko‘p bo‘lgan birinchi otishma emas. Joriy yilning 3 may kuni Belgrad markazidagi maktabda o‘smir tengdoshlariga qarata o‘t ochgandi.

Otishma oqibatida to‘qqiz kishi – sakkiz nafar maktab o‘quvchisi va bir qo‘riqchi halok bo‘lgan. Mamlakatda esa 3 kunlik motam e’lon qilindi. 


Maqola muallifi

Teglar

otishma Serbiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing