Serbiyada maktabdagi otishma sababli uch kunlik motam e’lon qilindi

Olam

image

Serbiyaning Belgrad shahridagi maktablardan birida o‘quvchi uyushtirgan otishma oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lgandi. Mamlakat hukumati otishma qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam e’lon qildi. Bu haqda Ta’lim vaziri Branko Rujich ma’lum qildi.

Keltirilishicha, vazir Branko Rujich, Sog‘liqni saqlash vaziri Danitsa Gruyichich va Ichki ishlar vaziri Bratislav Gashich hukumatda matbuot anjumani o‘tkazgan.

Tadbir halok bo‘lganlar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlangan.

“Serbiya Respublikasi Ta’lim vazirligi nomidan Serbiyada va ta’lim tizimida yaqin tarixda yuz bergan eng katta fojia munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiraman. Hukumat butun Serbiyada uch kunlik motam e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi, ikkinchi smenadagi darslar bugun bekor qilindi va ertaga bir daqiqalik sukut bilan davom etadi”, deydi Rujich. 

Eslatib o‘tamiz, 3 may kuni ertalab Belgradning Vrakar mahallasidagi Vladislav Ribnikar maktabida 14 yoshli o‘smir otishma sodir etdi. Otishma oqibatida 16 bola jarohatlangan. O‘quvchilardan biri boshidan jiddiy jarohat olib, og‘ir ahvolda reanimatsiyada yotibdi. Yana ikkitasi o‘qdan jarohat olgan.

Rasmiy tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘smir namunali o‘quvchi bo‘lib, shifokorlar oilasida tarbiyalangan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab otishma Serbiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing