Serbiyada o‘quvchi otishma uyushtirishi oqibatida 9 o‘smir halok bo‘ldi (foto)

Olam

image
0:00
0:00
download

Serbiyaning Belgrad shahrida maktablardan birida o‘quvchi uyushtirgan otishma oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Vecherne Novosti” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa bugun, 3 may kuni ertalab Belgradning Vrakar mahallasidagi Vladislav Ribnikar maktabida yuz bergan. 14 yoshli o‘smir otasining to‘pponchasidan o‘q uzgan.

Ota-onalarning so‘zlariga ko‘ra, otishma oqibatida 16 bola jarohatlangan. O‘quvchilardan biri boshidan jiddiy jarohat olib, og‘ir ahvolda reanimatsiyada yotibdi. Yana ikkitasi o‘qdan jarohat olgan.

Keltirilishicha, yettinchi sinf o‘quvchisi giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning oilasida hech qanday muammo bo‘lmagan, uning ota-onasi shifokor bo‘lgan.

O‘smir hozirda hibsga olingan. Uning o‘zi psixopat bo‘lgani uchun o‘t ochganini aytgan.

Hodisadan keyin maktab onlayn rejimga o‘tkazilib, ota-onalarga farzandlarini u yerga yubormaslik tavsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab otishma Serbiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing