Serbiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik mamlakatga qaytarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston elchixonasi va Migratsiya agentligi ko‘magida Serbiyada og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston fuqarosi T.Z. elchixonaning konsullik bo‘limiga murojaat qilib, Serbiyadan yurtiga qaytish uchun yordam so‘ragan.

Uning aytishicha, mazkur vaziyat Serbiyadagi ish beruvchining o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmagani, xususan, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha kelishuv shartlariga amal qilmagani oqibatida yuzaga kelgan. O‘zbekiston fuqarosi og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan va mustaqil ravishda O‘zbekistonga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lmagan.

Shundan so‘ng, elchixona tomonidan O‘zbekiston Migratsiya agentligi bilan tezkor hamkorlik o‘rnatilgan. Olib borilgan ishlar ortidan Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan murojaatchi uchun bepul aviachipta xarid qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belgiyada og‘ir xastalikni boshdan kechirgan va uzoq muddat davolangan Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi V.A. vataniga muvaffaqiyatli qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing