Serbiya yadroviy urushga tayyorlanmoqda
Olam
−
29 noyabr
4339Serbiya o‘zining armiyasini kuchaytirishi va yadroviy urush xavfi sababli bombalarga qarshi boshpanalarini tayyorlashi kerak. Bu haqda mamlakat Prezidenti Aleksandr Vuchich “TV Pink” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Hozirgi paytda umuman tayyor emasmiz, bizdagi boshpanalarda 257 ming o‘rin bor. Biz infrastrukturani tiklashimiz kerak. Shunda boshpanalar 1,5 million kishini qabul qilishi mumkin”, dedi Vuchich.
Prezidentga ko‘ra, Belgrad 2011-2012 yillarda bombalar boshpanalarini yaxshilash uchun byudjetdan pul ajratishni to‘xtatgan. Shundan beri ular yomon holatga tushib qolgan.
“Biz ushbu holatga qadar buni o‘ylamagan edik, bu xato edi. Endi biz tizimli ravishda ularni to‘g‘rilashimiz kerak”, dedi davlat rahbari.
Vuchich, shuningdek, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushga to‘xtalib, Serbiya o‘zining pozitsiyasiga sodiq qolishini, ammo global urush xavfi hech qachon shu qadar katta bo‘lmaganini ta’kidlagan.
“Har qanday tarafdan bo‘lgan bayonotlar taranglikni kamaytirishga yordam bermaydi va men qo‘rqamanki, bu yanada katta mojaro, muammolarga va qochishimiz kerak bo‘lgan narsa – keng ko‘lamli urushga olib keladi”, dedi Vuchich.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyaning aholi himoyasi va favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatish bo‘yicha federal idorasi (BKK) mamlakat hududida bunkerlar tarmog‘ini yaratish rejalarini ishlab chiqayotgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi