Serbiya Prezidenti milliy terma jamoa Xorvatiya aviakompaniyasida mamlakatga qaytganidan jahli chiqdi
Sport
−
28 iyun
7358Serbiya terma jamoasi Yevro-2024'dagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so‘ng Xorvatiya aviakompaniyasi samolyotida uyiga jo‘nab ketdi, bu esa Prezident Aleksandr Vuchichning g‘azabiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Serbiya parlamenti raisi Ana Brnabich ma’lum qildi.
“Bularning barchasi futbolchilar Serbiya uchun o‘ynab, kurashayotgan paytda terma jamoaga xalaqit bermaslik uchun oshkor qilinmagan. Lekin rost, shunday bo‘ldi. Bu sharmandalik. Prezident Vuchich bundan juda g‘azablandi. Bunday bo‘lishiga sababchi bo‘lgan shaxslar aniqlanishiga umid qilaman. Bizda Air Serbia bor, biz doimo ushbu aviakompaniya bilan safarlarga chiqamiz. Serbiya Prezidenti ham uzoq safarlarga, masalan, Xitoyga borganida, u doimo Air Serbia bilan uchadi, chunki biz o‘z bayrog‘imiz tushirilgan samolyotga xorij aeroportlariga qo‘nganimizdan faxrlanamiz”, deydi Brnabich.
Serbiya terma jamoasi Yevro-2024 pley-off bosqichiga chiqa olmadi va jamoa “S” guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi. Mazkur guruhdan Angliya va Daniya terma jamoalari nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
LiveBarchasi