Sentyabrdan o‘zbekistonliklar Qirg‘izistonga kirishi mumkin bo‘ldi
Jamiyat
−
30 Avgust 2020 10078 1 daqiqa
Joriy yilning 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Qirg‘izistonga hududiga turli cheklovlarsiz kirishi mumkin bo‘ladi.
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston COVID-19 bilan bog‘liq sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritiladi.
“Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatning o‘zgarishi to‘g‘risidagi Axborot xatiga muvofiq, 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi koronavirus infeksiyasining pasayishi va epidemiologik vaziyatning barqarorlashuvi kuzatilgan xorijiy mamlakatlar ro‘yxatiga 32-o‘rinda kiritiladi”, deyiladi qo‘shni mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Ma’lumot uchun, 30 avgust soat 10:00 holatiga O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 41303 nafarni tashkil qilmoqda. Ularning 38 359 nafari sog‘aygan va 311 nafari vafot etgan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr