“Seni oyog‘imning tagiga olaman!” Kosonda mulozim fuqaroga tahdid qildi (video)
3-sahifa
−
29 iyul 6778 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida O‘zbekiston mahallalari uyushmasining ushbu tuman bo‘limi boshlig‘i Ubaydulla Ochilov fuqaroga uni “oyog‘ining tagiga olish” bilan tahdid qildi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi munosabat bildirdi.
“Sen men bilan o‘ynading-a, davlat bilan?! To‘xta, seni oyog‘imning tagiga olaman! U zamoning o‘tib ketdi, o‘n marta videoga ol”, degan amaldor ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda.
Uyushmaning bildirishicha, mazkur videoda aks etgan fuqaroga nisbatan muomala va so‘zlashuv uslubi davlat xizmatchisi odob-axloq me’yorlariga mutlaqo zid bo‘lib, bunday xatti-harakatlarni O‘zbekiston mahallalari uyushmasi qat’iyan qoralaydi.
Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun ishchi guruh tuzilgan. O‘rganish yakunlari bo‘yicha xodimning xatti-harakatlariga qonunchilik doirasida huquqiy baho beriladi hamda tegishli choralar ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq fermerni so‘kkan Farg‘ona viloyati Quva tumani hokimi Halimjon Umarovga hayfsan intizomiy jazosi berilgandi.
Live
Barchasi