Senegal MTJ Afrika kubogidagi g‘alaba uchun mukofotlanadi

Sport

image

Senegal milliy terma jamoasi Afrika kubogidagi tarixiy g‘alabasi uchun mukofot sifatida har bir futbolchi 135 ming dollar miqdorida bonus oladi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Bassiru Diomay Fay terma jamoa bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.

Senegal terma jamoasi kecha, 21 yanvar kuni kechqurun poytaxt Dakar shahrida davlat rahbari bilan uchrashdi. Uchrashuvda futbolchilarga qo‘shimcha ravishda poytaxt janubida joylashgan qirg‘oqbo‘yi hududidan 1500 kvadrat metr yer maydoni ham ajratilishi e’lon qilindi.

Prezident Fay qaroriga ko‘ra, tarkibdagi 28 nafar futbolchining har biri 75 million CFA franki (taxminan 135 ming dollar) miqdorida pul mukofoti hamda 1500 kvadrat metr yer uchastkasiga ega bo‘ladi. Umumiy bonuslar hajmi 3,7 million dollarni tashkil etadi.

Shuningdek, Senegal futbol federatsiyasi a’zolariga 50 million CFA franki va 1000 kvadrat metr yer, Marokashga borgan delegatsiya a’zolariga esa 20 million CFA franki va 500 kvadrat metr yer ajratilishi aytildi. Bundan tashqari, Sport vazirligi xodimlari ham 305 million CFA franki miqdorida bonus olishadi.

Mazkur va’dalar Senegal jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan bir paytda yangradi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat qarzi yalpi ichki mahsulotning 132 foiziga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Senegal Afrika kubogi Bassiru Diomay Fay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing