Belgiya qo‘shimcha vaqtda Senegalni mag‘lub etib, 1/8 finalga chiqdi
Sport
−
04:04 2285 1 daqiqa
Bugun, 2 iyul kuni Belgiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 finalida Senegalni qo‘shimcha vaqtda 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Natijada belgiyaliklar nimchorak final bosqichiga yo‘l oldi.
Uchrashuv AQSHning Sietl shahrida bo‘lib o‘tdi. Dastlab Senegal Habib Diarra (24) va Ismoila Sarrning (51) gollari evaziga hisobda oldinda borayotgandi. Biroq, Belgiya safida Romelu Lukaku 86-daqiqada, Yuri Tilemans esa 89 va 120+5-daqiqalarda (penaltidan) gol urib, afrikaliklarni turnirdan chiqarib yubordi.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Shu tariqa, belgiyaliklar 1/8 finalda AQSH hamda Bosniya va Gersegovina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi maydonga tushadidigan bo‘ldi. Ushbu bahs joriy yilning 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkazilmoqda. Musobaqa joriy yilning 19 iyul kuniga qadar davom etadi.
Live
Barchasi