Senatning o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi nihoyasiga yetdi
Jamiyat
−
04 may 2019
4090O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi nihoyasiga yetdi.
Senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan majlisda 23 masala, shu jumladan, 8 ta qonun ko‘rib chiqildi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi senatorlari tomonidan ma’qullangan qonunlar jamiyat hayotining barcha sohalari huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga, islohotlarning izchilligini ta’minlash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgani ta’kidlandi.
Shuningdek, majlis davomida O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisini tayinlash, Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish va Oliy Majlis Senati Kengashi qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
LiveBarchasi