Senat tarkibida yangi qo‘mita tashkil etildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Prezident ikki siyosiy partiya liderlarini senatorlikka tayinladi north_east

Prezident ikki siyosiy partiya liderlarini senatorlikka tayinladi

O‘zbekison Respublikasi Oliy Majlisi Senati tarkibida yangi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi tashkil etildi. Yuqori palataning tegishli qarori bugun, 21 oktyabr kuni o‘tkazilayotgan yalpi majlisda qabul qilindi.

Yangi qo‘mita Orolbo‘yi hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar (dasturlar) ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish, mutasaddi vazirlik va idoralarning hisobotlarini bevosita hududning o‘zida eshitish amaliyotini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi.

Qayd etilishicha, Orolbo‘yi mintaqasi aholisining turmush sharoitlari va sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan 2017–2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi tasdiqlandi. BMTning Orolbo‘yi hududi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast fondi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi tashkil etildi. Hududda 2 mln. gektar yashil maydon barpo etish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezident yaqinda Jo‘qorg‘i Kenges sessiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasini kelgusi uch yilda rivojlantirishning 10 ta ustuvor yo‘nalishini belgilab berdi.

Majlisda senatorlar mazkur tashabbuslarga hamohang ravishda hamda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirishda parlament ishtiroki va nazoratini kuchaytirish maqsadida Senatda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasini tashkil etish, ushbu Qo‘mitaning Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Yangi qo‘mitaga Prezident tomonidan senator etib tayinlangan Boriy Alixonov rais bo‘ldi. Botir Joldasov qo‘mita raisining o‘rinbosari etib tasdiqlandi.

Shuningdek, senator Narimon Umarov Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi etib saylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat Narimon Umarov Boriy Alixonov

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing