Prezident ikki siyosiy partiya liderlarini senatorlikka tayinladi
Jamiyat
−
21 Oktabr 2020
6970O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Boriy Botirovich Alixonov va Narimon Majitovich Umarovning deputatlik vakolati muddatidan avval tugatildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.
Kecha, 20 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida shunday qaror qabul qilingan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi 2020 yil 20 oktyabrdagi Farmoniga asosan Markaziy saylov komissiyasi Boriy Alixonov va Narimon Umarovni Oliy Majlisi Senati a’zolari etib ro‘yxatga oldi.
Ma’lumot uchun, Boriy Alixonov 39-Qiziltepa saylov okrugidan, Narimon Umarov 82-Sho‘rchi saylov okrugidan saylangan.
Eslatib o‘tamiz, Boriy Alixonov O‘zbekiston Ekologik partiyasi va Narimon Umarov "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi hisoblanadi.