Senat xavotirga sabab bo‘lgan qonunni ma’qulladi
Jamiyat
−
12 mart 2021
15671Bugun, 12 mart kuni Oliy Majlis Senatining 13-yalpi majlisida Jinoyat, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslar va “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish kiritishni ko‘zda tutuvchi qonun ma’qullandi.
Ayni shu qonun bilan axborot tarqatish sohasida yangi javobgarlikni joriy qilish belgilangani bois hujjat jurnalist va blogerlar tomonidan xavotir bilan qarshi olingandi.
Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 244-moddasida hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslikka, ommaviy tartibsizlikka, fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga ommaviy da’vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Bu jinoyat uchun jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasiga 1-qo‘shimcha kiritilmoqda. Unda, fuqarolarni O‘zbekiston qonunchilik hujjatlari talablarini bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan, internet jahon axborot tarmog‘idan, shuningdek matnni nashr etish yoki boshqa shaklda ko‘paytirish turlaridan foydalangan holda ommaviy da’vat qilish kabi huquqbuzarlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining oltmish baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilanyapti.
LiveBarchasi