O‘zbekistonda so‘z erkinligi tahdid ostida – “Human Rights Watch” xavotirli bayonot berdi
Jamiyat
−
19 fevral 2021
16616O‘zbekiston parlamenti mamlakat jinoiy va ma’muriy kodekslari hamda “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunga so‘z erkinlini xavf ostiga qo‘yuvchi, xavotirli o‘zgartishlar kiritishni ko‘rib chiqmoqda. Munozarali qonun loyihasi nashr etilishi va tegishli ravishda ko‘rib chiqilishi kerak. Bu haqda “Human Rights Watch” tashkilotining veb-saytida ma’lumot taqdim etildi.
Tashkilotning qayd etishicha, joriy yilning 12 fevral kuni qonun loyihasini tayyorlashda ishtirok etgan “Milliy tiklanish” partiyasining yetakchisi Alisher Kodirov o‘zining Telegram kanalida ba’zi yangiliklarni e’lon qilgan va ularning allaqachon birinchi o‘qishdan o‘tganligini yozgan. 15 fevral kuni Oliy Majlis ma’lumotlarida ba’zi qo‘shimcha tafsilotlar e’lon qilingan.
“Qonun loyihasining to‘liq matni hali nashr etilmagan va unda yana qanday qoidalar borligini bilmaymiz. Bizda tashvishlanish uchun barcha asoslar mavjud”, deyiladi xalqaro tashkilot xabarida.
Xususan, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunga bloggerlar va sayt egalarining ommaviy tartibsizliklarga, fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlikka, belgilangan tartibni buzgan holda o‘tkaziladigan yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlarda ishtirok etishga da’vat qilishni taqiqlovchi normani kiritish taklif etilmoqda.
Shuningdek, u jamiyatga, davlatga, davlat ramzlariga (milliy va umuminsoniy qadriyatlarga) hurmatsizlikni namoyon etuvchi beodoblik bilan ifodalangan axborotni tarqatish uchun javobgarlikni joriy etadi.
“Tavsiya etilgan ba’zi qoidalar shunchalik noaniq va kengki, ular inson huquqlari xalqaro so‘zlashuvlarini, shu jumladan so‘z erkinligi va tinch yig‘ilishlar erkinligini buzishi muqarrar”, deyiladi bayonotda.
Tashkilotga ko‘ra, O‘zbekistondagi qonun chiqaruvchilar jinoiy jazo choralari faqat zo‘ravonlik yoki dushmanlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri da’vat mavjud bo‘lganda qo‘llanilishi kerakligini unutmasliklari kerak.
“Agar O‘zbekiston haqiqatan ham inson huquqlarini hurmat qiladigan davlatlardan biri bo‘lishga intilsa, unda uning rahbariyati ushbu sohadagi qonunchilikni xalqaro me’yorlarga muvofiqlashtirishi va qonunchilik bilan bog‘liq barcha jarayonlarda shaffoflik, oshkoralik ta’minlanishi lozim”, deyiladi tashkilot xabarida.
Ma’lumot uchun, “Human Rights Watch” 70 dan ortiq mamlakatda inson huquqlari buzilishini kuzatuvchi, tekshiradigan va hujjatlashtiradigan nodavlat tashkilot hisoblanadi. Uning bosh ofisi AQSHda joylashgan.
LiveBarchasi