Senat chaqirmadimi yo Shodmonov kelmadi? Nizo qanday barham topadi?

Jamiyat

image
Odamlar, bolalar zaharlanaversin Sog‘liqni saqlash vaziriga farqi yo‘q – Norboyeva north_east

Odamlar, bolalar zaharlanaversin Sog‘liqni saqlash vaziriga farqi yo‘q – Norboyeva

Ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiya holatlari hamda ularni keltirib chiqarayotgan shart-sharoitlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respubliksi Prezidenti Prezidenti Maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov ham ishtirok etmoqda. 

Prezident maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga yuzlanib, kecha, 24 dekabr kuni Oliy Majlis Senatida o‘tgan Umumiy ovqatlanish korxonalari va ta’lim tizimida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga oid qonun hujjatlarining ijrosini o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan majlisda nima uchun ishtirok etmaganini so‘radi. Shodmonov Abduvohidovning savoliga javob berarkan, “Hamma majlislarga borganman, lekin bunisiga taklif qilinmagan edim”, dedi. 

Ayni chog‘da yig‘ilishda ishtirok etayotgan Senat vakili so‘z olib, kechagi yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatining ishtirok etishini ta’minlash uchun joriy yilning 18 dekabr kuni vazirlikka rasmiy xat kiritilganini ma’lum qildi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Senati raisi Tanzila Norboyeva Sog‘liqni saqlash tizimida sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish, aholiga tushuntirish, bu kabi salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha ishlar umuman qoniqarsizligini qayd etib, majlisga na Sog‘liqni saqlash vaziri va na vazir o‘rinbosari kelganini tanqid qilgandi.  

“Odamlar, bolalar zaharlaversin, bularga farqi yo‘q. Manfaatdor idoraning ushbu masalaga munosabati shumi?!”, degan edi Senat raisi Tanzila Norboyeva.

Senat ushbu holatga rasmiy munosabat bildiradi, degan umiddamiz. 


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva

Baholaganlar

199

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing